<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Bor boʻling, bardam boʻling,
 Talpinib, chopganlarim.
 Sevgiga toʻlib toshing,
 Masihda topganlarim.

[V2]
 Soʻzingiz totli biram,
 Mehringiz dur-u zarim.
 Koʻrmangiz dardu, sitam,
 Masihda topganlarim.

[V3]
 Biringiz singlim, opam,
 Biringiz Onam, zorim.
 Xudoyim azizlari,
 Masihda topganlarim.

[V4]
 Otamiz koʻrdi baham,
 Shohligin, Oʻzin, borin.
 Marhamat, barakada,
 Masihda topganlarim.

[V5]
 Rabbimiz Ruhi bilan,
 Xushxabar eltganlarim.
 Zavq olar xizmat qilib,
 Masihda topganlarim.

[V6]
 Birodar, akam, ukam,
 Yordamga chopganlarim.
 Choʻponu, voiz-bekam,
 Masihda topganlarim.

[V7]
 Yolgʻon hayot eshigin,
 Bir umr yopganlarim.
 Isoda hayot topdi -
 Masihda topganlarim.</lyrics>
<title>Masihda Topganlarim</title>
<author>Ulugʻbek Abduhalimov, Ravshan Hizirov</author>
</song>